Avtomobilni tibbiy niqobsiz boshqarish mumkin. Ammo...
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar IIBB boshlig‘iga manba havola qilingan holda, avtomobilda tibbiy niqobsiz bo‘lish mumkinligi haqidagi ma’lumot tarqalmoqda.
Ma’lum qilamizki, haqiqatdan ham shaxsiy avtomobil haydovchisi mashinada tibbiy niqobsiz bo‘lishi mumkin (taksi haydovchilariga taalluqli emas), ammo shu bilan birga quyidagi shartlarga rioya qilish kerak: birinchidan: haydovchi avtomobil salonida yolg‘iz bo‘lishi kerak; ikkinchidan, haydovchi faqat avtomobil harakatlanish vaqtida niqobsiz bo‘lishi mumkin. Ya’ni, agar haydovchi yo‘l chetida to‘xtasa, tibbiy niqobni taqib olishi kerak.
Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Karantin cheklovlarining yumshatilishi koronavirus infeksiyasi bartaraf etilganidan dalolat bermaydi. Unutmang, ko‘plab insonlarning salomatligi sizning mulohazali bo‘lishingizga va santariya-epidemiologiya xavfsizligiga rioya qilishingizga bog‘liq.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter