Statistika: O‘zbekistonga avtomobil importi kamaydi
Davlat statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 21 ta xorijiy davlatlardan qiymati 258,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 12,2 mingta yengil avtomobillar import qilgan.
Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5983 taga kamaygan.
2021-yilning o‘tgan 7 oyi mobaynida O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
- Xitoy – 3 751 ta
- Koreya – 3 187 ta
- Rossiya – 2 589 ta
- Qozog‘iston – 1 330 ta
- Polsha – 386 ta
- Litva – 312 ta
- Tailand – 250 ta
- AQSh – 238 ta
- Germaniya – 70 ta
- Yaponiya – 56 ta
Ma’lumot o‘rnida, 2021 yilning 7 oyida qiymati 7,7 mln. AQSh dollariga 432 ta elektromobil import qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter