Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avgustdan «inomarka»lar narxi arzonlashadi

Avgustdan «inomarka»lar narxi arzonlashadi

Foto: Bull-Doser

«Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga solish va avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida» Prezident qarori (PQ–4739-son, 03.06.2020-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-avgustdan boshlab 8701 (traktorlar), 8702 (10 yoki undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan motorli transport vositalari), 8703 (yengil avtomobillar) va 8704 (yuk tashishga mo‘ljallangan motorli transport vositalari) TIF TN kodlar bo‘yicha transport vositalarini olib kirishda amalda bo‘lgan aksiz solig‘i stavkalari bekor qilinadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari Prezidentning PQ-3818-son qarori bilan tasdiqlangan.

Ushbu qarordan keyin xorijdan kirib kelayotgan avtomashinalar narxi sezilarli ravishda arzonlashadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring