AI-80 benzinga navbatlar yuzaga kelmoqda
Rasmiy munosabatlarda rad etilishiga qaramay, O‘zbekistondagi AYoQShlarda AI-80 benzin taqchilligi kuzatilmoqda. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda fotolar, xabarlar tarqalmoqda.
Qayd etilishicha, ayrim AYoQShlarda AI-80 benzin yo‘q, borlarida esa navbatlar yuzaga kelgan. Viloyatlarda esa AI-92 benzin deb sotilmoqda.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda «O‘zbekistonda AI-80 benzin sotib olishda cheklovlar joriy qilindi, bu AYoQShlarda benzin taqchilligiga sabab bo‘lishi mumkin» mazmunidagi xabarlar tarqalgandi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ushbu xabarlarga munosabat bildirib, «bugungi kunda benzin bilan ta’minlash masalalarida ajiotajga sabab bo‘ladigan omillar mavjud emas»ligini ma’lum qilgan edi.
Shuningdek, narxlarning oshishi ham rasmiy xabarlarda inkor qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter