Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qituvchi, shifokor va hamshiralar uchun 4 yillik avtokredit joriy etiladi

O‘qituvchi, shifokor va hamshiralar uchun 4 yillik avtokredit joriy etiladi

Foto: Xabar.uz

O‘qituvchi va murabbiylar, shifokor va hamshiralar uchun 4 yillik avtokredit joriy etiladi. Bu haqida «Ipoteka-bank» matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, o‘qituvchi va murabbiylar, shifokor va hamshiralarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida taqdim etilayotgan «Fidokor» avtokrediti bo‘yicha o‘zgarishlar kiritilmoqda.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim va Sog‘liqni saqlash vazirliklari tizimidagi muassasalar xodimlari uchun 15 martdan boshlab «Fidokor» avtokrediti: muddati  48 oygacha, yillik ustama haqi 22 foiz, boshlang‘ich badali 30 foiz sharti bilan taqdim etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring