1-sentyabrga qadar Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish topshirildi
Bugungi yig‘ilishda bir oy muddatda 2023-yilda sanoatni 14 foizga oshirish bo‘yicha sanoat va investitsiya dasturlarini qayta ko‘rib chiqish vazifasi qo‘yildi. Bunda:
- Samarqandda mineral o‘g‘it, Navoiyda quruq sianid tuzi va texnik gaz ishlab chiqarish loyihalarini tezlashtirish;
- 1-iyunga qadar Pistali konida 6-gidrometallurgiya zavodini ishga tushirish;
- avgust oyida «Yoshlik-1» mis koni negizida 3-misni boyitish fabrikasi loyihasini yakunlashni ta’minlash topshirildi.
Avtomobilsozlik tarmog‘ida o‘sishni ta’minlash uchun 1-sentyabrga qadar:
- xususiy investorlarni jalb qilib, Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
- Andijonda zamonaviy quyuv sexini, Chirchiqda qishloq xo‘jaligi mashinasozlik klasterini to‘liq quvvatga chiqarish topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter