Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-dekabrdan jarima qo‘llashda yangi tartib kuchga kiradi

1-dekabrdan jarima qo‘llashda yangi tartib kuchga kiradi

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 1 dekabridan qoidabuzar haydovchilar uchun jarima ballari hisoblash tartibi kuchga kiradi.

Yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash hamda ularni takroran buzish holatlarining oldini olish maqsadida quyidagi tartibni nazarda tutuvchi haydovchilarga yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etiladi:

  • har bir yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi;
  • hisoblangan jarima ballari belgilangan miqdordan oshgan hollarda haydovchi ma’lum muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan o‘rnatilgan tartibda mahrum qilinadi;
  • muayyan davr mobaynida yo‘l harakati qoidabuzarligi sodir etmagan haydovchilarga keyinchalik hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali rag‘batlantirish choralari qo‘llaniladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring