Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy: «Putin Turkiyaga kelishdan cho‘chimaganida, urushni tugatish bo‘yicha muhim qadam tashlash mumkin edi»

Zelenskiy: «Putin Turkiyaga kelishdan cho‘chimaganida, urushni tugatish bo‘yicha muhim qadam tashlash mumkin edi»

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiyada Rossiya bilan yuzma-yuz muzokaralarga tayyor bo‘lganini, biroq Rossiya rahbari Vladimir Putin bunday muloqotdan bosh tortganini ta’kidladi.

«Kecha men Anqarada bo‘ldim. Prezident Erdo‘g‘an bilan uchrashdim va uning yordami, mehmondo‘stligi uchun minnatdorchilik bildiraman. Men Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Anqarada yoki Istanbulda uchrashishga tayyor edim — nafaqat uchrashish, balki barcha dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun. Ammo u bunga rozi bo‘lmadi», – dedi Zelenskiy.

Uning ta’kidlashicha, Istanbulga kelgan Rossiya delegatsiyasi muzokaralarda real qaror qabul qilish vakolatiga ega bo‘lmagan shaxslardan iborat bo‘lgan.

«Bu delegatsiyada Rossiyada haqiqatan ham qaror qabul qiladigan birorta shaxs yo‘q edi. Shuningga qaramay, men Ukraina mudofaa vaziri boshchiligidagi delegatsiyani Istanbulga jo‘natdim. Maqsad — Rossiya tomonida haqiqiy muzokara yuritish istagi va vakolat bor-yo‘qligini aniqlash edi», – deydi Ukraina prezidenti.

Zelenskiy, shuningdek, Ukraina urushni tugatish uchun barcha real choralarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanini bildirgan.

«Men Putin delegatsiyasiga real vakolatlar berishga jur’at topishiga umid qilaman. Kun davomida Istanbulda bo‘layotgan muzokaralarning har bir bosqichi, Rossiya tomonidan urushni to‘xtatish yo‘lida amaliy qadamlar qo‘yilishi borasida jamoatchilikni xabardor qilib boraman», – deya yakunladi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring