Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy: 2023 yil hal qiluvchi bo‘lishi kerak

Zelenskiy: 2023 yil hal qiluvchi bo‘lishi kerak

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat xavfsizlik kuchlarini kelasi yilga tayyorlayotganini va bu hal qiluvchi yil bo‘lishi kerakligini aytdi.

«Bu hal qiluvchi yil bo‘lishi kerak. Biz qishda qanday xavf-xatarlar borligini tushunamiz, bahorda nima qilishimiz kerakligini tushunamiz, ya’ni butun mudofaa va xavfsizlik sektori qanday natijalar ko‘rsatishi kerakligini tushunamiz», – deydi Zelenskiy.

Shuningdek, Ukraina prezidenti bu hafta Ukraina uchun siyosiy nuqtai nazardan muhim bo‘lishini aytib, yaqin kelajakda Oliy Radaga Ukrainaning tashqi va ichki ahvoli bo‘yicha yillik murojaatni yetkazishga va’da berdi.

«Kelgusi yilga qadam qo‘ymoqdamiz va milliy maqsadlarimiz haqida umumiy tushunchani saqlab qolishimiz kerak. Albatta, bu bizning yerimizni dushmandan ozod qilish bilan bir qatorda Ukrainani tiklash, xalqimizning o‘z vataniga qaytishi. Ukraina uchun dunyoda yangi imkoniyatlar ochish – bularning barchasi yaqin kelajak uchun vazifalardir», – deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring