Almazbek Atambayevning sog‘lig‘i to‘satdan yomonlashgan - OAV
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning sog‘lig‘i to‘satdan yomonlashgan. Bu haqda uning o‘g‘li Seid Atambayevga asoslanib «NewTimes.kz» xabar bergan.
Garchi, Atambayevda koronavirus manfiy natija bergan bo‘lsada, uning oila a’zolari bilan uchrashuvi qiyin masala bo‘lib qolmoqda.
Sobiq prezidentning o‘g‘li Feysbukdagi sahifasida bu haqda ham yozg‘irgan.
Eslatib o‘tamiz, 2011-2017 yillarda mamlakatni boshqargan sobiq lider o‘tgan yili avgustda Qo‘ytoshdagi qarorgohida qo‘lga olingan edi. Unga qator ayblovlar qo‘yilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter