Yo‘qolgan suvosti kemasi ekipaji halok bo‘lgani e’lon qilindi
Harbiy-dengiz kuchlari «Titan» bilan aloqa uzilgani e’lon qilinganidan keyin akustik ma’lumotlarni tahlil qildi, deb yozadi The Guardian.
Bedarak yo‘qolgan suvosti kemasini bir necha kunlik qidiruv ishlari natija bermagach, kecha, 22 iyun kuni AQSh qirg‘oqni qo‘riqlash xizmati «Titan» bortidagi ekipaj a’zolari «Titanik» vayronalariga tushishi chog‘ida portlash natijasida halok bo‘lishganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, suv ostidan «Titan» ning beshta yirik bo‘lagi, jumladan, kemaning dum konusi va bosimli idishning ikkita qismi topilgan.
Eslatib o‘tamiz, «Titan» suvosti kemasi «Titanik» vayronalari oldiga tushish chog‘ida g‘oyib bo‘lgan va uning bortida OceanGate Expeditions kompaniyasi asoschisi Stokton Rash, fransuz dengiz faxriysi Pol-Anri Narjeole, britaniyalik milliarder Hamish Xarding, pokistonlik tadbirkor Shahzoda Dovud va uning o‘g‘li Sulaymon bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter