Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Livanda ham prokuratura bor: Karlos Gonga «tashrif qog‘ozi» keldi

Livanda ham prokuratura bor: Karlos Gonga «tashrif qog‘ozi» keldi

Foto: «Global Look Press»

Kecha matbuot anjumani o‘tkazgan «Renault-Nissan-Mitsubishi» alyansi sobiq rahbari Karlos Gonni bugun Livan Bosh prokuraturasi chaqirtirdi.

«Bosh prokuror Hassan Uvaydot Karlos Gonni Bayrutga so‘roqqa chaqirdi», — deyiladi mahkama tarqatgan xabarda.

NNA agentligi qo‘shimcha qilishicha, bosh prokuror yo‘qlashidan maqsad Karlos Gonga Yaponiyada qo‘yilgan ayblovlar bilan bog‘liq.

Ma’lumot uchun: Karlos Gon $80 milliondan ortiq soliqni to‘lamaganlikda ayblanib, 2018-yilning noyabrida Yaponiyada hibsga olingandi. 2019-yilning 31 -dekabr kuni esa, uy qamog‘ida va politsiya nazorati ostida bo‘lishiga qaramay, Yaponiyadan Livanga qochib kelgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring