Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘lovchi avtobusi ko‘prikdan qulab, mikroavtobus ustiga tushdi (foto)

Yo‘lovchi avtobusi ko‘prikdan qulab, mikroavtobus ustiga tushdi (foto)

13 sentyabr kuni Qozog‘istonning Kaskelen shahriga kiraverishda YTH sodir bo‘lib, 8 kishi jabrlandi, deb yozadi «Zakon.kz».

Yo‘lovchi avtobusi janubga, Qaskelen shahri tomon harakatlanayotgan bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchining qon bosimi ko‘tarilib ketib, boshqaruvni yo‘qotgan.

Avtobus o‘ng tomonga burilib, beton to‘siqqa borib urilgan, so‘ng zarbadan u qarama-qarshi harakatga o‘tib ketgan va to‘siqni buzib o‘tgan holda ko‘prikdan pastki yo‘lga qulagan.

Bu vaqtda Mercedes-Benz Sprinter mikroavtobusi Bishkekdan Olmaota tomon ketayotgan bo‘lgan. Avtobus uning ustiga tushgan.

Qayd etilishicha, hodisada hech kim qurbon  bo‘lmagan, sakkiz kishi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring