Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yigit mehnat ta’tili uchun o‘zini o‘zi o‘g‘irladi

Yigit mehnat ta’tili uchun o‘zini o‘zi o‘g‘irladi

Foto: «Coolidge Police»

Amerikaning Arizona shtatida istiqomat qiluvchi Brendon Soulz ishdan biroz dam olish uchun o‘zining o‘g‘irlanishini uyushtirdi. Bu haqda 23 fevral kuni «Daily Star» xabar berdi.

Yigit o‘zini bog‘lab, yo‘l chetiga yotib olgan va kimdir uni topishini kutgan. Ko‘p o‘tmay politsiyachilar uni payqab qolishgan. Rasmiylarni niqobli kimsalar boshiga urib, yo‘lga uloqtirganini aytib aldadi.

Brendonning so‘zlariga ko‘ra, uni pul uchun «o‘g‘irlashgan». Emishki, otasining shaharda yashirib qo‘ygan pullari bor ekan.

Huquq-tartibot organlari xodimlari yigit ishlaydigan shinalar ishlab chiqaradigan zavodda o‘rnatilgan videokameralardagi yozuvlar hamda u topilgan joy yaqinida o‘rnatilgan kameralardagi yozuvlarni tekshirishdi.

Shundan so‘ng Brendonni so‘roq qilish uchun qayta chaqirishdi. Shunda u o‘g‘irlash haqidagi hikoyani to‘qib chiqarganini tan oldi.

Detektivlar to‘plagan dalillar aslida bu odamga hujum bo‘lmaganligini va uni hech kim o‘g‘irlamaganligini tasdiqladi. Natijada o‘sha kuni kechasi yigit yolg‘on xabar berishda gumon qilinib hibsga olindi.

Bir necha kundan so‘ng politsiya hibsga olingan yigitni ozod qildi. Endi dam olish uchun vaqti juda ko‘p: shinalar zavodidan haydaldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring