«Yaxshi tarix»ga ega sayyohlar Yevropaga sayohat qilishi osonlashdi
Yevropa ittifoqi parlamenti «yaxshi tarix»ga ega sayyohlarga shengen vizasini berishni osonlashtirish haqidagi taklifni ma’qulladi. Bu haqida Yevropa komissiyasining rasmiy saytida ma’lumot berilgan.
Unga ko‘ra endi sayyohlar viza olish uchun so‘rovnomani avvalgidek uch oy emas, olti oy oldin berishlari mumkin. Imkoniyati bo‘lgan joylarda esa so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldirsa bo‘ladi. Shu bilan birga 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar viza to‘lovidan ozod qilinadi.
Yevropada tez-tez bo‘lib turadigan va qoidalarni buzmagan sayyohlarga bir yildan besh yilgacha bo‘lgan ko‘p martalik vizalar berilishi mumkin. Yevropa ittifoqi 2010 yildan buyon amalda bo‘lib turgan migratsiya qonunchiligini qayta ko‘rib chiqmoqchi. O‘tgan vaqt davomida vaziyat tubdan o‘zgargani bunga sabab qilib ko‘rsatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter