Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yaxshi qiz, ammo...»: Greta Tunberg «Twitter»dagi profilini o‘zgartirdi

«Yaxshi qiz, ammo...»: Greta Tunberg «Twitter»dagi profilini o‘zgartirdi

Foto: «Ladbible.com»

Xalqaro ekoharakatning eng yosh va eng faol a’zosi, shvetsiyalik Greta Tunberg yaqinda Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasida qilgan chiqishi bilan yana bir marta tilga tushgandi.

Chindan ham ma’ruza ancha ta’sirli chiqdiki, e’tiroflar, munosabatlar oz bo‘lmadi.

Masalan, RF prezidenti Vladimir Putin Tunbergning ma’ruzasidan hayratga tushmaganini ta’kidladi, qaytanga «tabiatni muhofaza qilish» bahonasida pul ishlash niyatida bolalardan foydalanishni tanqid qildi. Rus siyosatchisi Gretaning juda yaxshi va samimiy qizligiga aslo shubha qilmasligini, biroq zamonaviy dunyomiz nechog‘liq murakkab va xilma-xilliklarga boyligini bu qizga hech kim tushuntirmagan ko‘rinadi, deya pisanda qilib o‘tgandi.

Putining gaplari «o‘tib ketdi», shekilli, Greta «Twitter»i profilidagi tavsifni o‘zgartirib qo‘ydi. Ilgari AQSh prezidenti Donald Trampning Greta haqidagi so‘zlari turardi: «Porloq va ajoyib kelajakdan rohat oluvchi juda baxtli qiz».

Endi buning o‘rnida quyidagi jumlalarni o‘qiymiz: «Yaxshi, biroq ko‘p narsadan bexabar qiz».

Greta Tunberg shunchalik mashhur bo‘lib ketdiki, uni prezidentlar ham taniydi. Hatto zamonaviy Janna d’Ark deya alqashmoqda, Nobel tinchlik mukofotiga nomzodini ko‘rasatishyapti. Gretaning o‘zi esa o‘g‘irlangan bolaligimni qaytarib beringlar deya darg‘azab. U endi 16 ga to‘ldi...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring