Yaponiyaga yana bir to‘fon yaqinlashmoqda
Yaponiyaga «Trami» to‘foni yaqinlashayotgani sababli Okinava prefekturasi Naha shahriga amalga oshiriladigan 200 ga yaqin parvoz bekor qilindi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.
To‘fon Yaponiyaga janubdan shimoliy-sharq sari harakatlanyapti. Dam olish kunlari u kunchiqar yurtning barcha hududini qamrab oladi.
Meteorologlar uni «favqulodda kuchli» deb atashmoqda.
Ayni paytda to‘fon markazi Miyako orolidan 400 chaqirim narida, Okinava tumani janubida kuzatilyapti.
To‘fon markazi bosimi 955 gektopaskalni tashkil qilmoqda. Shamolning tezligi sekundiga 45 metrga yetmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter