Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyaga «Jondari» to‘foni yaqinlashmoqda

Yaponiyaga «Jondari» to‘foni yaqinlashmoqda

Foto: «RIA Novosti»

Shu hafta oxirida Tokioga «Jondari» to‘foni yetib keladi va shundan so‘ng to‘fon yo‘nalishini Primorsk qirg‘oqlari sari o‘zgartiradi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«To‘fon yakshanba kuni Yaponiya poytaxtiga jala bilan birgalikda yetib boradi. Xonsyu orolidan o‘tib, Yapon dengiziga boradi. Shundan so‘ng Primorsk qirg‘oqlariga yetib keladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, to‘fon Yaponiya orollaridan o‘tib, uncha kuchli bo‘lmasa-da, bizgacha yetib kelishi mumkin. Shunga qaramay, biz tabiat hodisasini so‘nggi daqiqasigacha kuzatamiz», – degan Primorsk gidrometeorologiya boshlig‘i Boris Kubay.

Ayni paytda Primorsk janubida havo aynigan. Yaqin bir sutka ichida Oxotsk dengizida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring