Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada yana bir kishi Moderna vaksinasidan halok bo‘ldi

Yaponiyada yana bir kishi Moderna vaksinasidan halok bo‘ldi

Yaponiyada ilgari tarkibida noma’lum moddalar aniqlargan Moderna kompaniyasi ishlab chiqargan vaksina bilan bog‘liq yana bir o‘lib holati qayt etilgan. Bu haqda NHK WORLD News ma’lum qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, qurbon 40 yoshli erkak bo‘lib, 11 avgust kuni vaksina qabul qilib, oradan bir kun o‘tib, vafot etgan. Bu uchinchi bor o‘lim holati qayd etilishi. Ungacha 38 va 30 yoshli ikki erkak xuddi shu kabi vaksinadan vafot etgani tasdiqlangandi.

Moderna kompaniyasi o‘tgan hafta JSSTga vaksinalarni ishlab chiqarish jarayonidagi ishqalanish natijasida po‘lat zarralari vaksina tarkibiga qo‘shilib ketganini tan olgan.

Avgust oyining o‘rtalaridan boshlab Yaponiya bo‘ylab emlash jarayonlarida Moderna vaksinasining muhrlangan flakonlarida noma’lum moddalar aniqlangan. Sakkizta emlash markazining Ayti, Gifu, Ibaraki, Saytama va Tokio punktlarida 39ta shu kabi holat aniqlangan.

Keyinchalik 29 avgust kuni yana bir partiyada noma’lum moddalar aniqlangani ma’lum qilingan. Markazlarda tarqatilgan 1,63 million doza vaksina bilan emlash butunlay to‘xtatib qo‘yilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring