Yaponiyada tabiiy ofatlar davom etmoqda. Endi «Jondari» to‘foni
Avvalroq Yaponiyaga «Jondari» to‘foni yaqinlashayotgani haqda xabar bergan edik. To‘fon Yaponiya hududiga kirib kelgani sababli 152 mahalliy parvozlar bekor qilindi, deya xabar bermoqda «Gazeta.ru». Bundan tashqari, kemalar qatnovi ham qisman to‘xtatilgan.
«Jondari» to‘foni Tinch okeanidan shimoliy-g‘arb sari harakatlanib, bugun, 28 iyul kuni, erta tongda Yaponiyaning Tiba prefekturasi qirg‘oqlariga yetib kelgan.
Shundan so‘ng, kutilganidek, to‘fon yo‘nalishini g‘arbga o‘zgartirib, Kansay qirg‘oqlariga borib urilgan.
Yaponiyada ikki oydan buyon turli tabiat hodisalari sodir bo‘lmoqda. Kansay aholisi joriy oy boshida yog‘ingarchilik va toshqinlardan aziyat chekkan edi. Shuningdek, Yaponiyada ikki hafta davom etgan jazirama tufayli 65 kishi halok bo‘ldi, 22 mingdan ziyod kishi shifoxonalarga yotqizildi.
Yaponiya meteorologiyasi rekord jaziramani e’lon qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter