Yaponiyada tabiiy ofat qurbonlari soni ko‘paymoqda
Bir hafta oldin Yaponiyaning Sidzuoka prefekturasi Atami shahrida kuchli ko‘chki yuz bergani haqida xabar bergandik.
Shifokorlar tabiiy ofat oqibatida yana bir kishi vafot etganini tasdiqlashdi. Shu tariqa qurbonlarning umumiy soni 10 kishiga yetdi. Bu haqda mahalliy rasmiylarga tayanib Kiodo agentligi xabar bermoqda.
3-iyul kuni taxminan ertalabki soat 10 larda (Toshkent vaqti bilan 6:00) Tokioning janubi-g‘arbiy qismida, Sidzuoka prefekturasining Atami shahrida kuchli ko‘chki sodir bo‘ldi. Tabiiy ofat hududida qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.
Tabiiy ofatdan so‘ng shahar ma’muriyati shu zahoti aniq bo‘lmagan ma’lumotlarga ko‘ra bedarak yo‘qolganlar soni taxminan 20 kishini tashkil etishi haqida xabar tarqatdi. Ammo keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, zarar ko‘rgan hududda hujjat bo‘yicha 215 kishi istiqomat qilgan. Ko‘chki oqibatida 130 ga yaqin uy vayron bo‘lgan. Shu paytgacha 18 kishini topishning imkoni bo‘lmayapti. 500 dan ortiq odam vaqtincha mehmonxonalarga joylashtirildi.
Yaponiyada kuchli yomg‘ir tufayli yuzaga kelgan ko‘chki oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter