Yaponiyada sayyohlik kemasi halokatga uchradi
Yaponiya shimolidagi Xokkaydo oroli sohillarida sayyohlik kemasi halokatga uchradi, deb xabar berdi NHK telekanali.
Qutqaruv-qidiruv amaliyoti chog‘i uch ayol, yetti erkak — 10 kishining jasadi topildi. To‘qqiz kishi qutqarilgan, ulardan sakkiz nafari behush holatda bo‘lgan. Ayni paytda yetti nafar insonning taqdiri noma’lum.
19 tonnali «Kazu 1» sayyohlik kemasi bortida jami 26 kishi: 54 yoshli kapitan Tokuyuki Toyoda, uning 27 yoshli yordamchisi hamda 24 nafar sayyoh, jumladan, ikki nafar bola bo‘lgan.
NHK ma’lumotiga ko‘ra, sayyohlarni uch soatlik dengiz sayohatiga olib chiqqan kema UNESCO Butunjahon tabiat merosi obyekti joylashgan Siretoko burniga qarab yo‘l olgandi. Keyinroq kema tryumiga suv kirayotgani, kema dvigateli ishdan chiqqani haqida xabar kelib tushgan.
Qirg‘oq qutqaruv xizmati voqea joyiga yetib kelganida kema dengiz yuzasida bo‘lmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter