Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada rekord darajali mudofaa budjeti qabul qilinishi kutilyapti

Yaponiyada rekord darajali mudofaa budjeti qabul qilinishi kutilyapti

Foto: «AP News»

Yaponiya Vazirlar mahkamasi 2022-yil uchun mudofaa budjetini tasdiqladi. Harbiy maqsadlar uchun rekord darajadagi — 5,4 trln. iyena ($47 mlrd.) mablag‘ ajratilishi haqida «Associated Press» agentligi xabar berdi.

O‘n yildirki, Yaponiya mudofaa xarajatlari tinmay oshyapti, bu safargi o‘sish 1,1 foiz bo‘ldi. E’tiborli jihati, harbiy yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarga o‘tgan yilgidan 38 foiz ko‘p, ya’ni 2,55 mlrd. dollar ajratiladi.

AP xabariga ko‘ra, yangi budjet doirasida yapon armiyasi eng so‘nggi turkum qiruvchi samolyotlari, gipertovushli texnologiyalar, sun’iy intellekt yordamida masofadan boshqariladigan uchar qurilmalarga ega bo‘ladi.

Endi mudofaa budjeti loyihasi mamlakat parlamenti tomonidan tasdiqlanishi lozim.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring