Yaponiyada qor 9 kishini hayotdan olib ketdi
Yaponiyada ko‘p qor yog‘ishi 9 kishining umriga zomin bo‘ldi, 48 kishi jarohat oldi. Mamlakat shimolidagi Hokkaydo prefekturasida tabiiy ofat 19 mingta uyni elektrdan uzib qo‘ydi.
NHK telekanali xabar berishicha, mamlakat markaziy qismidagi Niigata prefekturasida tiklash ishlari ketmoqda: bu hududda 4,8 mingta uy elektrsiz qolgandi.
O‘tgan hafta oxiridan buyon Yapon dengizi sohillarida ko‘p qor yog‘di. Aomori, Niigata, Fukusima va Yamagata prefekturalarida qor qoplami qalinligi 1 metrdan 2 metrgacha yetdi. Mamlakatning jami 9 ta prefekturasi qor ko‘p yog‘ishidan talafot ko‘rgan.
Bu qish mavsumi Shimoliy yarimsharda og‘ir boshlandi. Bugun AQShning ko‘plab shtatlarida va Kanadada havo harorati juda pasayib ketdi. AQShning Montana shtatida -45 darajali harorat qayd etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter