Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada noma’lum kishi politsiya uchastkasiga hujum qildi

Yaponiyada noma’lum kishi politsiya uchastkasiga hujum qildi

Foto:«Day.Az»

«Yaponiyada noma’lum shaxs politsiya uchastkasiga hujum qilib uch kishini yaraladi», — deya xabar bermoqda «RIA Novosti» axborot agentligi.

Hodisa poytaxt Tokiodan 300 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan Toyama shahrida sodir bo‘lgan. Bosqinchi politsiya xodimiga pichoq bilan hujum qilib, undan to‘pponchasini olib qo‘yib ko‘chaga qochib chiqadi. So‘ng to‘pponchadan o‘q uzib yaqinda joylashgan maktab qorovuli va maktab yonidan o‘tib ketayotgan kishilarga jarohat yetkazadi.

Hozir hujum qilgan erkak hibsga olingan, jarohatlanganlarning ahvoli og‘ir ekanligi aytilmoqda.

Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring