Yaponiyada niqobsiz yo‘lovchini deb samolyot qo‘nishga majbur bo‘ldi
Yaponiyaning «Peach Aviation» aviakompaniyasiga qarashli samolyot bortida niqob taqishdan bosh tortib, janjal ko‘targan yo‘lovchini deb favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi, deya xabar berdi NHK telekanali.
124 yo‘lovchisi bo‘lgan layner seshanba kuni Xokkaydo prefekturasining shimolidagi Kusiro aeroportidan Osaka shahri tomon uchgan. Samolyot xizmatchilari yo‘lovchilardan biri niqobsiz o‘tirganini payqab qolishgan va undan himoya vositasidan foydalanishni so‘rashgan. Biroq haligi odam bosh tortgan. Bir necha marta qoidaga amal qilishni talab qilgandan so‘ng yo‘lovchi janjal ko‘targan, baqir-chaqir qilib, yo‘lovchi va ekipaj a’zolariga do‘q-po‘pisa qila boshlagan.
Uchuvchi yo‘lning yarmida Niigata aeroportida favqulodda qo‘nishga qaror qilgan. To‘polonchini samolyotdan chiqarib tashlashgan. Shundan so‘ng layner Osaka tomon parvozini davom ettirgan. Belgilangan manzilga ikki soat kechikib yetib borgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter