Yaponiyada kuchli zilzilalar oqibatida o‘ttizdan oshiq kishi halok bo‘ldi
Bugun, 2-yanvar kuni ham Yaponiyada kuchli silkinishlar kuzatildi. Hozirgacha kamida 30 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi.
Dushanba kuni Yaponiyaning markaziy qismida, Ishikava prefekturasidagi Noto yarim oroli yaqinida 7,6 magnitudali zilzila yuz bergandi. Ko‘plab binolar vayron bo‘lgan, o‘n minglab odamlar elektr ta’minotisiz qolgan.
Umuman olganda, dushanba kuni ertalabdan beri Yaponiyada turli kuchlarda 155 ta zilzila sodir bo‘ldi.
Ko‘pchilik zilzilaning magnitudasi 3 balldan katta edi va ularning kuchi asta-sekin kamayib borayotganiga qaramay, seshanba kuni ertalab yana oltita kuchli silkinish qayd etildi.
«Turkiya janubi sharqidagi ikki 7.6 va 7.8 magnituda kuchli zilzilarda Turkiya va Suriyada jami 59 mingga yaqin inson halok bo‘lgandi (Turkiyadan 50.5 ming kishi, Suriyadan 8.9 ming kishi).
Yaponiya g‘arbidagi kuchli zilzila talofatlari, uning yer relefini jidiiy o‘zgartirib yuborishdagi vaziyat Turkiyadagidan qolishmaydi.
Ammo, bu ikki bir kuchga ega tabiiy ofatlarda aholi o‘limi bilan bog‘liq farqlardan sezish mumkinki, Turkiya-Suriya xamda Yaponiya mamlakatlarida seysmik xavf xatarlar, zilzilaning xavf ko‘lamini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish o‘rtasida juda katta farq mavjudligi ko‘rinib turibdi», deya yozadi meteorolog Erkin Abdulahatov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter