Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada jazirama tufayli 138 kishi halok bo‘ldi

Yaponiyada jazirama tufayli 138 kishi halok bo‘ldi

Foto:«Haber 7»

«Yaponiyada so‘nggi uch oy mobaynida jazirama tufayli 138 kishi halok bo‘ldi», — deya xabar beradi «Hurriyet.com.tr» sayti.

Ma’muriy ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi tayyorlagan hisobotda qayd etilishicha, shu yil 30-apreldan buyon kunchiqar yurtda jazirama 138 kishining yostig‘ini quritgan.

Mamlakat miqyosida 71266 kishi issiq ob-havo tufayli shifoxonada davolanib chiqqan.

Hisobotga ko‘ra, mamlakat tarixida jazirama sababli uch oy mobaynida hali bunchalik ko‘p odam halok bo‘lmagan ekan.

Bu yil Yaponiyada havo harorati 40 darajadan oshib ketdi.

Oxirgi marta bunday jazirama 2013 yili kuzatilgan, o‘shanda 58729 kishi shifoxonaga yotqizilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring