Yaponiyada jamoat joylarida tamaki chekish taqiqlandi

Yaponiyada jamoat joylari ‒ maktab, shifoxona va davlat tashkilotlarida tamaki chekishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.
100 kv. m hovlisi bor davlat tashkilotlarida hovlida tamaki chekish ixtiyoriy qilib qo‘yildi.
Qonundan maqsad 2020 yili o‘tkaziladigan Tokio olimpiadasigacha tamaki chekishni kamaytirishdir.
Qabul qilingan qonun 2020 yilgacha bosqichma-bosqich kuchga kiradi.
127 millionga yaqin aholiga ega kunchiqar yurtda 20 million kishi tamaki chekishga ruju qo‘ygan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter