Yaponiyada eng xavfli vulqon otila boshladi
Yaponiya bosh meteorologiya agentligi mamlakat janubi-g‘arbidagi Kagosima prefekturasida Sakuradzima vulqonining otilishini qayd etdi.
Vulqon otilishi 2,5 km radiusda yirik vulqon toshlarining otilishi bilan sodir bo‘lgan. Aniqlik kiritilishicha, faollik mahalliy vaqt bilan soat 20:05 da qayd etilgan.
Bundan tashqari, rasmiylar mintaqadagi xavf darajasini maksimal darajaga ko‘tarishdi, bu aholini hududdan evakuatsiya qilishni nazarda tutadi.
Sakuradzima Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismidagi Kyusyu orolida joylashgan. Bu mamlakatdagi eng xavfli vulqonlardan biri. U muntazam ravishda otilib chiqadi. Umuman olganda, Yaponiyada 110 ga yaqin faol vulqon mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter