Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada dunyodagi eng keksa ayol vafot etdi

Yaponiyada dunyodagi eng keksa ayol vafot etdi

Foto: «Twitter»

Yaponiyada dunyodagi eng keksa ayol Kane Tanaka 119 yoshida vafot etdi.

Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgandi.

NHK telekanali xabariga ko‘ra, Tanaka 2022-yilning 2-yanvarida 119 yoshini qarshilagan. Fukuoka prefekturasidagi qariyalar uyida yashab kelgan onaxon, kovidga qarshi cheklovlar bois, yaqinlari bilan deyarli ko‘risha olmagan.

20 yoshli Kane Tanaka, 1923-yil.
Foto: Wikipedia

Kane Tanaka 1903-yili tug‘ilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida eri va katta o‘g‘lidan ayrilgan. Ayol butun umr urushdan oldin ochilgan do‘konda guruchdan tayyorlangan non sotgan. 1970-yillarda pensiyaga chiqib dunyo bo‘ylab sayohat qilgan, AQShga bir necha marta borgan.

2005-yilda, 102 yoshida qariyalar uyiga ko‘chib o‘tgan. 103 yoshida saraton xastaligini yenggan, shundan so‘ng jiddiy kasallikni boshdan o‘tkazmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring