Yaponiyada 25 yil ichidagi eng kuchli to‘fon yuz berdi (foto+video)
Yaponiyaga «Jebi» nomli to‘fon yaqinlashayotgani haqida xabar qilgan edik. To‘fon tufayli 10 kishi halok bo‘ldi, 300 dan ziyod kishi jabrlandi. 3000ga yaqin kishi Kansay xalqaro aeroportida tunashga majbur bo‘ldi.
Aeroportning bunkerli kemasi kuchli shamol sababli aeroport va Idzumisano shahrini birlashtiruvchi ko‘prikka qulagani sababli o‘z ishini to‘liq to‘xtatgan. Tankerning ichida 11 nafar ekipaj a’zolari bo‘lgan, ularni qutqarishga muvaffaq bo‘lishgan.
Kansay aeroportining 162ta reysi bekor qilingan. Uchish-qo‘nish maydonlaridan biri va terminalning birinchi qavati suvga to‘lgan. Mamlakatning g‘arbida 1,3 million uy xo‘jaliklari elektr ta’minotisiz qolgan. Avtomobil to‘xtash joyida 100ta mashina yonib ketgan.
Kioto prefekturasida160 nafar o‘quvchi yo‘l buzilgani uchun yozgi oromgohda qolishga majbur bo‘lyapti. Osaka prefekturasining o‘zida 2 ming svetofor ishlamayapti. Bu esa yo‘llarda tirbandlikni yuzaga keltiryapti.
To‘fon 4 sentyabr kuni tushdan so‘ng Sikoku oroliga, keyinroq esa Xonsyu oroliga yopirilgan. To‘fon boshlanganda shamol tezligi soatiga 125 km. keyinroq 177 km.ga oshgan.
Ushbu to‘fon 25 yil ichidagi eng kuchlisi deb hisoblanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter