Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tokioda 3 mamlakat davlat va hukumat rahbarlari uchrashadi

Tokioda 3 mamlakat davlat va hukumat rahbarlari uchrashadi

Foto: AFP 2018 / Yoshikazu Tsuno

9-may kuni Tokioda Yaponiya, Xitoy va Janubiy Koreyaning davlat va hukumat rahbarlari Koreya yarimorolini yadroviy qurollardan xoli hududga aylantirish bo‘yicha imkoniyatlarni muhokama qilish maqsadida uchrashadi. Bu haqda Seul ma’muriyatiga tayanib «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe, XXR davlat kengashi bosh vaziri Li Kesyan va Janubiy Koreya yetakchisi Mun Chje In ikki Koreya rahbarlari o‘rtasida Pxanmunjonda o‘tkazilgan sammit yakunlarini, mintaqadagi vaziyat va tinchlikni muhokama qilishadi.

«Kiodo» agentligining ma’lum qilishicha, Yaponiya bosh vaziri uchrashuvda, shuningdek, uch tomonlama sammit o‘tkazishni ham rejalashtirayotganini aytgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring