Yaponiya va AQSh yirik harbiy mashg‘ulot boshladi
![Yaponiya va AQSh yirik harbiy mashg‘ulot boshladi](https://static.xabaruz.com/crop/2/0/720_460_95_207170485.png)
Bugun 10-noyabr kuni Yaponiya va AQSh harbiylari Sharqiy Xitoy dengizidagi Yaponiya arxipelagining orollarini himoya qilish bo‘yicha yirik qo‘shma «Keen Sword» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi. Bu haqda Yaponiya mudofaa vazirligiga tayanib, Kyodo agentligi xabar bermoqda.
Mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad Ittifoq qurolli kuchlarining «to‘xtatib turish va javob berish qobiliyatini» mustahkamlashdan iborat. Unda Yaponiya va AQShdan mos ravishda 20 va 10 ga yaqin harbiy kemalar hamda 250 va 120 ga yaqin samolyot qatnashadi.
Shuningdek, ushbu harbiy mashg‘ulotda Avstraliya, Kanada va Buyuk Britaniyadan to‘rtta harbiy kema va ikkita samolyot ham qatnashadi.
Harbiy mashg‘ulotlar 19-noyabr kuniga qadar davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter