Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe iste’foga chiqishi kutilmoqda
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bugun, juma kuni iste’foga chiqishini ma’lum qilishi kutilmoqda. Bu haqda Yaponiyadagi NHK va boshqa OAVlar xabar tarqatdi.
Abe 65 yoshda. Ikki marta kasalxonada davolanib chiqdi, salomatligi to‘g‘ri kelmagani uchun o‘z vakolati muddatini oxirigacha yetkaza olmasligi ehtimoli kutilayotgandi.
Sindzo Abe mamlakat yangi tarixida eng ko‘p muddat — 8 yil (2012-yil dekabr)dan beri hukumatni boshqarib kelyapti. Qolaversa, u 2006-2007 yillarda ham hukumatga boshchilik qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter