Yangi Zelandiyada 6,9 balli zilzila sodir bo‘ldi

Yangi Zelandiya orolidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda, Tinch okeanida 6,9 balli zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi AQSh Geologiya xizmati (USGS) ma’lumotlariga tayanib.
Yer silkinishi bugun, 10 sentyabr kuni mahalliy bilan soat 16.19 da kuzatilgan.
Zilzila epimarkazi L’Esperans orolidan 61 kilometr janubiy-g‘arbda bo‘lgan.
Tabiiy ofat yerning 111 kilometr qa’rida yuzaga kelgan.
Zilzila qurbonlari yoki jabrlanganlar haqida hanuz ma’lumot yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter