Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yanszi daryosida tanker va barja to‘qnashdi, 14 kishining taqdiri noma’lum

Yanszi daryosida tanker va barja to‘qnashdi, 14 kishining taqdiri noma’lum

Foto: «Reuters»

Xitoyning Yanszi daryosi akvatoriyasida, Shanxay yaqinida tanker va barja to‘qnashib ketdi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi bugun xabar berdi.

Halokat mahalliy vaqt bilan soat 03:40 lar atrofida yuz bergan. Uch ming tonna benzin olib ketayotgan tanker va shag‘al ortilgan barja to‘qnashuvi oqibatida barja cho‘kib ketgan, tankerda esa yong‘in chiqqan. Bu paytda kemalarda jami 17 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar uch kishini suvdan eson-omon chiqarib olib, kasalxonaga yetkazishgan, ulardan birining ahvoli og‘ir. Qolgan 14 kishining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.

Yo‘qolgan insonlar qidirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring