Yana bir prezident Kim Chen In bilan uchrashish istagida
Suriya prezidenti Bashar Asad Shimoliy Koreyaga tashrif buyurish niyati borligini aytdi. Bu haqda «Lenta.ru» xabar bergan.
Bashar Asad bu niyatini Shimoliy Koreyaning Suriyadagi elchisidan faxriy yorliqni qabul qilib olayotganida aytgan. «Rasmiy Damashq Shimoliy Koreya olib borayotgan siyosatni qo‘llab-quvvatlaydi. Koreya yarimorolida ijobiy tomonga o‘zgarishlar bo‘lyapti», — deya ta’kidlagan Bashar Asad.
Xabaringiz bor, so‘nggi paytlarda Shimoliy Koreya dunyoga ochilmoqda. AQSh va Shimoliy Koreya rahbarlari o‘rtasida shu yil 12-iyun kuni Singapurda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan oliy darajadagi uchrashuvlar dunyo afkor ommasining e’tiborida turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter