Yana bir mamlakat keksalarni AstraZeneca vaksinasi bilan emlamaslikka qaror qildi
Janubiy Koreya keksa fuqarolarni AstraZeneca kompaniyasi vaksinasi bilan emlamaslikka qaror qilgan yana bir mamlakatga aylandi. Bu haqda mahalliy «Yonxap» axborot agentligi xabar bermoqda.
26-fevral kuni Janubiy Koreyada Shvetsiya-Britaniya kompaniyasi preparati bilan emlash ishlari boshlanadi. Aholining eng zaif qatlamlari, jumladan, qariyalar uylari, sanatoriylar va reabilitatsiya markazlari xodimlari va bemorlari birinchi bo‘lib emlanadi.
Janubiy Koreya hukumati fevral-mart oylarida 760 ming tibbiyot xodimi va qariyalarni emlashni rejalashtirgan. Biroq 65 yoshdan oshgan fuqarolarni vaksinatsiya qilmaslik to‘g‘risidagi hukumat qarori rejalarning buzilishiga olib kelishi mumkin, deb yozadi gazeta.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter