Yamanlik isyonchilar Saudiya Arabistoni va BAAga «syurpriz» tayyorlamoqda
Yamandagi isyonchi husiylarning «Ansar Alloh» harakati Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi tahdidkor bayonot tarqatdi.
«Biz mag‘rur va takabbur qo‘shnilarimizni kutilmaganda hayron qoldiramiz. Yaman xalqiga hujumlar javobsiz qolmaydi», – dedi husiylar vakili Muhammad Nosir al-Atifiy SABA agentligiga bergan intervyusida. U husiylarning tan olinmagan hukumatida mudofaa vaziri lavozimida ishlaydi.
Atifiyning aytishicha, oxirgi paytda husiylar Saudiya Arabistoni va BAA hududining ancha ichkarisidagi muhim strategik ob’yektlarga zarba bermoqda. Misol tariqasida esa Saudiya Arabistonining g‘arbiy sohillaridagi neft quvurlariga hujumni tilga oldi.
Eslatib o‘tamiz, Yamandagi urush 2014 yildan beri davom etmoqda. Bu urushda Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya Yaman hukumatini qo‘llab-quvvatlayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter