Xitoydagi zavodda kuchli yong‘indan 40 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Xenan provinsiyasidagi zavoddagi yong‘in oqibatida kamida 40 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CGTN telekanali xabar bermoqda.
Yong‘in 20 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:22da «Anyang Kaixinda Trading» zavodida boshlangan va 20:00 da nazorat ostiga olingan.
Voqea joyiga 240 nafar o‘t o‘chiruvchi va 63 dona texnika jo‘natilgan. Mahalliy vaqt bilan yarim tunda alanga butunlay o‘chirilgan.
Yong‘in sabablari hozircha ma’lum qilinmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter