Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda ta’lim va kasbga tayyorlash o‘quv markazini ochadi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Migratsiya agentligi hamda Xitoyning «JC Finance Interconnect Holdings» kompaniyasi raisi U Tinyi o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
«Dunyo» AA bergan ma’lumotga ko‘ra, muzokaralar davomida O‘zbekistonda «yashil» energetika, qishloq xo‘jaligi, AKT, turizm kabi soha mutaxassislari uchun ilg‘or xalqaro standartlar asosida qayta tayyorlash va malakani oshirish dasturlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston talabalari uchun Xitoyning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida grantlar ajratish va nomzodlarni tanlash xususida fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida «JC Finance Interconnect Holdings» kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga safarini tashkil etishga kelishib olindi. Safar davomida O‘zbekiston fuqarolarini ta’lim va kasbiy faoliyatga tayyorlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish markazini ochish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarda uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter