Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoydagi 900 yillik ko‘prik yonib ketdi

Xitoydagi 900 yillik ko‘prik yonib ketdi

Foto: Twitter

Kecha tunda Xitoyning Futszyan provinsiyasidagi tarixiy Van’an yog‘och ko‘prigi yonib kulga aylandi.

Van’an — Xitoydagi eng uzun (qariyb 100 metr) arkali ko‘hna ko‘prik edi.

Ko‘prikni qurish Shimoliy Sun sulolasi (960–1127) davrida — 900 yillar muqaddam boshlangan. Keyinchalik qayta qurilgan (1742-yildagi yong‘indan so‘ng), restavratsiya qilingan.

Van’anning yonib ketishi Xitoy uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. U davlat miqyosidagi hamda UNESCO Butunjahon merosiga nomzod me’morchilik yodgorligi sanalgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring