Xitoyda «yo‘qolib qolgan vazir» o‘rniga yangisi tayinlandi
Xitoy parlamenti Sin Ganning tashqi ishlar vaziri lavozimidan chetlatilganligi va Van I yangi tashqi ishlar vaziri etib tayinlanligini e’lon qildi.
Ishdan bo‘shatilgan Sin Gan ushbu lavozimni 2022-yil dekabridan beri egallab kelayotgan edi. U 25-iyundan beri ommaga ko‘rinish bermadi, vazirlik uning faoliyati haqida hech qanday axborot bermadi.
Xitoyda yuqori rutbadagi amaldorlarning qo‘qqisdan yo‘qolib qolishi va bu haqda jamoatchilikka ma’lumot berilmasligi u shaxsning boshida qora bulutlar to‘planganini anglatishi mumkin. Ko‘p hollarda ma’lum vaqt o‘tgach, g‘oyib bo‘lgan mulozimga nisbatan jinoiy ish ochilgani o‘rtaga chiqadi. Gohida esa jamoatchilikka ko‘rinish bermay qo‘ygan amaldor ma’lum vaqtdan keyin hech gap bo‘lmagandek yana ishini davom ettirib ketaveradi.
Van I ushbu lavozimda 2013-yildan 2022-yilgacha ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter