Xitoyda kuchli yomg‘ir tufayli 21 ming kishi evakuatsiya qilindi
Xitoy janubi-sharqida Szyansi provinsiyasi ma’muriyati kuchli yomg‘ir tufayli 21 ming kishini evakuatsiya qildi, deya xabar berdi Sinxua agentligi.
Xabarlarga ko‘ra, seshanba kuni boshlangan sharros yomg‘ir 117 ta uyga zarar yetkazgan hamda 24,3 ming gektar qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini yakson qilgan.
Ta’kidlanishicha, jala natijasida kelib chiqqan suv toshqinlari qariyb 380 ming kishining turmushini izdan chiqargan. Yomg‘ir zarari taxminan 49,3 million dollarga baholanmoqda.
Meteorologlar yakshanba kunigacha yomg‘ir quyishini prognoz qilishmoqda va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofatlardan ogohlantirishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter