Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda do‘stini qutqaraman deb yetti bola cho‘kib ketdi

Xitoyda do‘stini qutqaraman deb yetti bola cho‘kib ketdi

Foto: «Ua-ru.info»

Xitoyning markaziy televideniyesi xabariga ko‘ra, Chunsin shahrida daryoga yiqilib tushgan do‘stiga yordam beraman deb yetti nafar maktab o‘quvchisi suvga cho‘kib ketdi.

Voqea yakshanba kuni tushdan keyin Tunnan tumani Misn qishlog‘ida yuz bergan. Rasmiylar Futszyan daryo to‘g‘oniga odam tushib ketganligini xabar bergach, qidiruv-qutqaruv ishlari boshlangan. Sakkizta bolaning hammasi bedarak yo‘qoldi, deb e’lon qilingan. Qidiruv operatsiyasida qariyb 200 kishi, jumladan, o‘t o‘chiruvchilar, qutqaruvchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ishtirok etdi.

Biroq bolalarni qutqarib qolisholmadi. Dushanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 0:30 da (yakshanba 21:30) qutqaruvchilar suvdan yetti nafar maktab o‘quvchisining murdasini chiqarib olishdi, soat 7:10 da (4:10) esa sakkizinchi bolaning jonsiz tanasini topishdi.

Dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, bolalarning hammasi mahalliy boshlang‘ich maktab o‘quvchilari bo‘lishgan va shu yaqin orada yashashgan. Dam olish kunlari ular to‘g‘on yaqinida o‘ynashga borishgan. Biroq bolalardan biri qoqilib ketgan va suvga yiqilib tushgan. Qolgan yettita bola ham do‘stini qutqaraman deb suvga tushishgan. Ammo qaytib chiqisholmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring