Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy Yaponiyaga keskin norozilik bildirdi

Xitoy Yaponiyaga keskin norozilik bildirdi

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yoko Kamikava Tayvanning saylangan yangi rahbari Lay Sindening saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi.

Natijada Xitoy Yaponiya TIV rahbarining bu harakati sabab keskin norozilik bildirdi. Bu haqda Xitoyning Yaponiyadagi elchixonasi ma’lum qilgan.

Diplomatik missiya Yaponiya tomonining bayonotini XXR ichki siyosatiga jiddiy aralashuv, shuningdek, «yagona Xitoy» tamoyilining buzilishi deb atadi.

«Xitoy bunday harakat sabab keskin norozilik bildiradi», — deyiladi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Pekin «Tayvan bo‘g‘ozidagi xavfli urushning qo‘zg‘atuvchisi» deb atagan hukmron partiya nomzodi Lay Sinde Tayvandagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi.

Lay Sinde 41 foizga yaqin ovoz to‘pladi (Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, saylov byulletenlarining 80 foizini qayta ishlagandan keyin). Uning asosiy raqibi, qariyb 33 foiz ovoz olgan Xou Yui mag‘lubiyatini tan oldi, deya xabar beradi Focus Taiwan. Uchinchi nomzod, Tayvan xalq partiyasi rahbari Ke Venje 26 foizga yaqin ovoz oldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring