Xitoy Ukraina bo‘yicha sammitda qatnashmaydi
Xitoy tomoni Ukrainada tinchlik bo‘yicha konferensiyada qatnashmasligini tasdiqladi. Bu haqda «bevosita masala bilan tanish» to‘rt manbaga asoslanib Reuters xabar berdi.
«Pekin taklifni rad etishiga sabab — Rossiya va Ukrainaning ishtirokini ko‘zda tutuvchi qatnashish shartlarining bajarilmaganidir», — deya xabar berishgan manbalardan uchtasi.
Ma’lumot uchun: Ukraina tomoni tashabbusi bilan Shveysariyada 15-16-iyun kunlari tinchlik sammiti o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shveysariyaliklar 120 dan ortiq davlatdan vakillar kelishiga umid qilishmoqda. Sammitda AQSh ishtirok etishi ma’lum. Tadbirga Rossiya taklif etilmagan.
Prezident Vladimir Zelenskiyning aytishicha, Shveysariyadagi sammit Ukrainaning tinchlikka erishish borasidagi pozitsiyasini yetkazish uchun to‘g‘ri maydon sanaladi. Rossiya bilan qarama-qarshilikni yakunlash haqida gaplashishdan avval, butun dunyo bilan kelishilgan batafsil reja ishlab chiqilishi kerak, dedi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter