«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘li loyihasi qanchaga tushishi aytildi
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘li loyihasi qiymati 4 milliard 700 million dollar bo‘lib, mablag‘ning 50 foizi Xitoy tomonidan kredit shaklida taqdim etiladi. Qolgan mablag‘ni har bir davlat qo‘shma korxonadagi ulushiga qarab ajratishi kerak.
Bu haqda «Qirg‘iz temir yo‘li» aksiyadorlik jamiyati rahbari Azamat Sakiyev ma’lum qildi.
Sakiyev, ehtimol 30 yildan keyin bu yo‘l «Qirg‘iz temir yo‘li» korxonasi tasarrufiga o‘tishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.
Transport vaziri o‘rinbosariga ko‘ra, bu loyiha Qirg‘iziston fuqarolari uchun 10 mingga yaqin ish o‘rnini yaratadi.
Ma’lumot uchun, Qirg‘izistonning Jogorku Keneshi «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi to‘g‘risidagi qonun loyihasini uch o‘qishda ma’qulladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter