Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy dunyoning eng xavfsiz mamlakatlaridan biri — XXR davlat kengashi

Xitoy dunyoning eng xavfsiz mamlakatlaridan biri — XXR davlat kengashi

Foto: EKD

Xitoy, jinoyatlar sodir etilishi nuqtai nazaridan, jahondagi eng xavfsiz mamlakatlardan biri, 2019-yilda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari soni 2016-yilga solishtirganda 24,3 foizga kamaygan. Bu haqda «Sinxua» agentligiga asoslanib «REGNUM» xabar berdi.

Mamlakatdagi jamoat xavfsizligi organlari tomonidan to‘plangan ushbu ma’lumotlarni XXR davlat kengashi eng oliy qonunchilik organi — Butunxitoy xalq vakillari yig‘ilishida taqdim etdi.

Bu ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda qotillik, nomusga tegish, odam o‘g‘irlash kabi og‘ir jinoyatlar soni keskin pasaymoqda. 2016-yilga solishtirganda, bu yo‘sindagi jinoyatlar soni 2019-yilda 34,9 foizga kamaygan.

Yaqinda «Numbeo» servisi jahon mamlakatlaridagi jinoyatchilik darajasi indeksini taqdim etgandi. O‘zbekiston Osiyoning xavfsizlik bobida 12-mamlakati sifatida ko‘rsatilgan bu indeksda Xitoy 15-pog‘onadan o‘rin olgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring